Maktabgacha ta’lim muassasalarida pеdagogik jarayonni nazorat qilishda uslubchining o’rni.
JizDPIKеlajakda O’zbеkiston yuksak darajada taraqqiy etgan iqtisodi bilangina emas, balki bilimdon, ma'naviy jihatdan еtuk farzandlari bilan ham jahonni qoyil qoldirishi lozim.
I.A.KARIMOV
Ta'lim-tarbiyaviy ish holatini nazorat qilishning asosiy maqsadi barcha yosh guruhlaridagi pedagogik jarayonni takomillashtirish va har bir tarbiyachiga mavjud kamchiliklarni bartaraf qilishda aniq yordam ko’rsatishdan iboratdir. Uslubchi guruh hayotining barcha tomonlarini ko’rishi, tarbiyachi ishining, bolalar xulq-atvorining mohiyatini chuqur bilishi, asosiysini, muhimini farqlay olishi, faktlarni qayd etish bilan cheklanmay, ularning sabab va oqibatlarini aniqlashi lozim.